Kogonda halokatga uchragan avtobusda 54 nafar maktab oʻquvchisi boʻlgan
«Paradigma.uz» jamoasi Kogon tumaniga tashrif buyurib voqeani yaqindan oʻrganish maqsadida surishtiruv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston
28.03.2024, 10:37
Ulashish:
Voqea sodir boʻlgan chorrahani koʻzdan kechirganimizda svetofor ishlab turgani sababli, mashinalar tartib bilan harakatlanayotganini guvohi boʻldik. Asfaltda esa tormoz bosganda yuzaga keladigan bir qancha izlarni koʻrdik. Tasvirga olishni boshlaganimizdan koʻp vaqt oʻtmay ichki ishlar xodimlari yetib kelib bizni soʻroqqa tuta boshladi… Shundan soʻng bizni Kogon tuman IIB binosiga olib borib suhbatlashishdi va qoʻyib yuborishdi.
Keyin esa biz bolalar tahsil olayotgan Kogon tumanidagi 5-makatabga borib masullaridan voqea boʻyicha intervyu olishga harakat qildik. Maktabga borganimizda Milliy Gvardiya xodimlari darvoza oldida turgan edi, ular maktabga kirmasligimizni soʻrashdi, bir necha daqiqadan keyin esa ketib qolishdi. Biz direktor bilan uchrashish uchun yana kirmoqchi boʻldik, ammo bu safar oʻqituvchilar qattiq qarshilik koʻrsatdi…
Maktabdan soʻng Kogon shahar shifoxonasi yetib borib avtobusda avariyaga uchrab kasalxonaga olib kelingan bolalar ahvoli haqida maʼlumot soʻradik.
Shifokorlar kasalxonada bemor bolalar qolmaganligini aytishdi. Ammo sinchiklab qaraganimizda bir qancha bolalar palatalarda yotganligini koʻrdik. Bemor qiz va uning vasiylari bilan suhbatlashdik, ular maktab maʼmuriyatidan norozi ekanliklarini bildirishdi.
Biz kasalxonadan chiqqanimizdan bir necha daqiqa oʻtib yana ikki nafar avtobusda boʻlgan bolalarga koʻzimiz tushdi. Aniqlashimizcha, bizni borishimizda xabar topgan shifokorlar birdaniga bolalarni uyiga javob bera boshlagan, baʼzilarini esa bizdan yashirishgani maʼlum boʻldi.
Shundan soʻng, Buxoro shahar shifoxonasiga kelib, kasalxona maʼmuriyatidan bemor bolalar va ularning ahvoli haqida maʼlumot oldik. Tashrif chogʻida holati nisbatan yaxshi boʻlgan bemor oʻquvchilar bilan ham suhbatlashdik.
Halokatga uchragan avtobusda boʻlgan bolalarning koʻpchiligi bilan suhbatlashganimizda deyarli ularning barchasi, maktab tomonidan teatrga borishga majburlanganligini, majburiy pul yigʻilganligini va tiqilinch avtobusda olib ketilganligini aytishdi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan bogʻlanishga harakat qildik, ammo qoʻngʻiroqlarimiz javobsiz qoldi.
Halokat sodir boʻlganidan soʻng Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining vaziyat yuzasidan bergan dastlabki maʼlumotlarida bir nafar yoʻlovchi tan jarohati olgani, 25 nafar yoʻlovchilarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgani aytilgan edi. Shifokorlar bizga taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra avtohalokat sodir boʻlganidan soʻng Buxoro shahar shifoxonasiga 16 nafar, Kogon shahar shifoxonasiga 22 nafar Avtobusda boʻlgan bemorlar olib kelingan. Shundan ham bilish mumkinki 24 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan avtobusda sigʻimidan ortiq yoʻlovchi tashilgan. Oʻquvchilarning bizga aytishicha maktabning 9-10-11-sinflardan tashkil topgan jami 130 ta yoʻlovchilar 2 ta avtobusga taqsimlangan. Halokatga uchragan avtobusda taxminan 54 nafar oʻquvchi boʻlgan. 4 nafar oʻquvchi avtobusdagi tiqilinch sabab teatrga borishdan bosh tortib uyiga ketgan.
Joriy yilda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan maktablarda davomatni yaxshilash va oʻquvchilar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida har bir maktabga Milliy Gvardiya xodimlari biriktirildi. Oʻquvchilarning davomati gvardiya xodimlarining qattiq nazoratiga olindi. Umuman olganda, maktab tizimi hukumatning asosiy eʼtibor nuqtasida, ishlab chiqilayotgan qonun va hujjatlar ham oʻquvchilarning xavfsizligi va sifatli taʼlim olishi yoʻlidagi harakat belgisidir, ammo ijro etish masalasida masullar tomonidan koʻplab xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda. Buni aniqlashga uringanimizda esa koʻplab chalkashliklar va suʼniy toʻsiqlarga duch keldik.
Masalan, voqea haqidagi dastlabki rasmiy xabarlarda Avtobus haydovchisi halok boʻlgani aytilgan edi. Biz surishtiruv boshlaganimizda esa haydovchi tirik ekanligi maʼlum boldi. Halok boʻlganlar esa 2 nafar 9-sinf oʻquvchilari.
Shu oʻrinda, masullar javob berishi kerak boʻlgan bir qancha savollar tugʻiladi.
Oʻquvchilarni dars vaqtida teatrga olib borishga va buning uchun majburiy pul yigʻishga maktabning harakatlari qanchalik qonunga toʻgʻri keladi? Bu boʻyicha Maktabgacha va maktab talimi vazirligi munosabat bildiradimi?
Avtotransport bilan safarlar tashkillashtirilganda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlash kimnning zimmasida? Avtobusda kallona boʻlib xarakatlanishida xavfsizlik uchun patrul xodimlari kuzatuvi taminlanishi kerak emasmi?
24 kishiga moʻljallangan avtobusda 54 nafar yoʻlovchi tashilgani va ularning sogʻligʻi va xavfsizligi xatarga qoʻyilgani uchun kim javob beradi?
Jurnalistlarning kasbiy faoliyatini olib borishida toʻsiqlar va bosimlar oʻtkazishga harakat qilinayotgani achinarli holat, chunki biz shu jamiyatning faol vakili sifatida bunday holatlar qaytarilmasligi uchun mutasaddilar tomonidan xulosalar chiqarilishi va bu xatoliklar yurtimiz hududida boshqa qaytarilmasligi yuzasidan kerakli tizimli ishlar qilinishi tarafdorimiz.
Oʻzbekiston
28.03.2024, 10:37
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar
Buxoroda avariyaga uchragan avtobus haydovchisi toʻliq tuzalib ulgurmay qamoqqa olindi
Oʻzbekiston
01.04.2024, 12:02
Maktab bitiruvchilari "bitiruv oqshomi" oʻtkazishi taqiqlandi
Oʻzbekiston
14.05.2024, 20:16
Ayrim maktab rahbariyati va oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi
Oʻzbekiston
07.05.2024, 16:37
Mashhur yangiliklar
Toshkent xalkoro aeraportida taksistlarga qoʻshimcha imtiyozlarni kim taminlayapti?
Oʻzbekiston
30.04.2024, 11:25
Chinozda uyidagi chuqurlikka tushib ketgan qiz qutqaruvchilar tomonidan olib chiqildi
Oʻzbekiston
29.04.2024, 17:39
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar “tekislanadi”
Oʻzbekiston
07.05.2024, 11:49
3 oy mobaynida muomalaga chiqarilgan naqd pul hajmi 3,0 trln. soʻmga kamaydi
Iqtisodiyot
26.04.2024, 12:43
Oʻzbekiston Rossiyadan neft import qilishni oshirmoqda
Iqtisodiyot
23.04.2024, 14:06
Oʻzbekistonda 1 maydan nimalar oʻzgaradi?
Oʻzbekiston
29.04.2024, 13:42
So‘nggi yangiliklar
Rossiya iqtisodiyoti misli koʻrilmagan sanksiyalar sharoitida oʻsishda davom etmoqda
Iqtisodiyot
18.05.2024, 11:18
Oʻzbekistonlik sobiq amaldorning oʻgʻli Dubayda 8 mln. dollarlik mulkka egalik qilishi maʼlum boʻldi
Siyosat
16.05.2024, 17:54
Kiyev energiya quvvati taqchilligi tufayli elektrsiz qoldi
Jahon
16.05.2024, 14:10
Maktab bitiruvchilari "bitiruv oqshomi" oʻtkazishi taqiqlandi
Oʻzbekiston
14.05.2024, 20:16
Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi
Jahon
13.05.2024, 10:05
150 ming kishi daromadi yuqori mamlakatlarga yuborilishi moʻljallanmoqda
Oʻzbekiston
11.05.2024, 13:25
Oʻzbekiston Braziliyadan zamonaviy harbiy transport samolyoti sotib oladi
Oʻzbekiston
08.05.2024, 11:12
Markaziy Osiyo davlatlari urush faxriylariga qanchadan pul mukofoti bermoqda?
Jahon
07.05.2024, 17:36
Ayrim maktab rahbariyati va oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi
Oʻzbekiston
07.05.2024, 16:37
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar “tekislanadi”
Oʻzbekiston
07.05.2024, 11:49
Turkiya Gʻazoga 5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam joʻnatdi
Jahon
06.05.2024, 18:05
1 oyda qariyb 59 mlrd soʻmlik energiya resurslari oʻgʻirlandi
Oʻzbekiston
06.05.2024, 13:26
Mashhur yangiliklar
Toshkent xalkoro aeraportida taksistlarga qoʻshimcha imtiyozlarni kim taminlayapti?
Oʻzbekiston
30.04.2024, 11:25
Chinozda uyidagi chuqurlikka tushib ketgan qiz qutqaruvchilar tomonidan olib chiqildi
Oʻzbekiston
29.04.2024, 17:39
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar “tekislanadi”
Oʻzbekiston
07.05.2024, 11:49
3 oy mobaynida muomalaga chiqarilgan naqd pul hajmi 3,0 trln. soʻmga kamaydi
Iqtisodiyot
26.04.2024, 12:43
Oʻzbekiston Rossiyadan neft import qilishni oshirmoqda
Iqtisodiyot
23.04.2024, 14:06
Oʻzbekistonda 1 maydan nimalar oʻzgaradi?
Oʻzbekiston
29.04.2024, 13:42