Tashabbusli byudjetda gʻolib boʻlmagan maktablarga ham mablagʻ ajratiladi
2024 yil uchun taqsdiqlagan Davlat byudjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Tashabbusli byudjetda gʻolib boʻla olmagan, lekin 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan maktablar uchun 164 mlrd 237 mln soʻm ajratishni rejalashtirgan.
Ta'lim
03.04.2024, 15:16
Ulashish:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2023 yil yakuni boʻyicha hisobot matbuot anjumani oʻtkazdi. Paradigma.uz muxbiri vazirlik masʼullariga oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi kelishmovchilik holatlariga vazirlik munosabatini soʻradi. Bundan tashqari, 2024 yilgi davlat byudjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan maktablarni jihozlash uchun Tashabbusli byudjet loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz yigʻgan va gʻolib boʻla olmagan maktablarga alohida mablagʻ ajratilishi belgilangan ekan. Bu boʻyicha ham qanday ishlar qilinayotgani haqida ham javob oldi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev ijimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan maktablardagi koʻngilsiz holatlarga nisbatan "Barcha holatlar nazoratga olingan, bu boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda ham xabar berib boryapmiz" mazmunida javob berdi. Lekin vazirlikning na rasmiy sayti, na telegram sahifasida ushbu holatlarga nisbatan hech qanday munosabat berilmagan. Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlari faqat yutuqlarni koʻrsatish uchun ochilgandek, goʻyo.
Tashabbusli byudjet boʻyicha savolga vazirlikning Moliya va iqtisod departamenti direktori Ilhom Sirajov, davlat byudjeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar maqsadli sarflanayotganini, Tashabbusli byudjet boʻyicha jihozlash bilan bogʻliq loyihalarda 1,5 mingdan ortiq ovoz yigʻgan maktablarga vazirlik tomonidan mablagʻ ajratilishini aytib oʻtdi.
Tashabbusli byudjet loyihasi yakunlanishiga 1 kun vaqt qoldi. Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda oʻqituvchilar darsdan ozod qilinib ovoz yigʻib yurgani aks etgan video tarqalmoqda. Xalq orasida alohida mavsumga aylangan loyihaga kiritilayotgan yoʻl, kasalxona, maktablar birlamchi ehtiyoj sifatida taʼmirlab berilishi kerak emasmi? Taʼmirlab berilmagan taqdirda ham ushbu loyihaga maktablar va shifoxonalarning kiritilishi, hamda oʻqituvchilar, shifokorlarning ovoz yigʻishga jalb qilinishi qanchalik toʻgʻri?
Ta'lim
03.04.2024, 15:16
Ulashish:
Mashhur yangiliklar
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard AQSh dollariga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot
19.04.2024, 13:56
Toshkent xalkoro aeraportida taksistlarga qoʻshimcha imtiyozlarni kim taminlayapti?
Oʻzbekiston
30.04.2024, 11:25
Chinozda uyidagi chuqurlikka tushib ketgan qiz qutqaruvchilar tomonidan olib chiqildi
Oʻzbekiston
29.04.2024, 17:39
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar “tekislanadi”
Oʻzbekiston
07.05.2024, 11:49
3 oy mobaynida muomalaga chiqarilgan naqd pul hajmi 3,0 trln. soʻmga kamaydi
Iqtisodiyot
26.04.2024, 12:43
Oʻzbekiston Rossiyadan neft import qilishni oshirmoqda
Iqtisodiyot
23.04.2024, 14:06
So‘nggi yangiliklar
Rossiya iqtisodiyoti misli koʻrilmagan sanksiyalar sharoitida oʻsishda davom etmoqda
Iqtisodiyot
18.05.2024, 11:18
Oʻzbekistonlik sobiq amaldorning oʻgʻli Dubayda 8 mln. dollarlik mulkka egalik qilishi maʼlum boʻldi
Siyosat
16.05.2024, 17:54
Kiyev energiya quvvati taqchilligi tufayli elektrsiz qoldi
Jahon
16.05.2024, 14:10
Maktab bitiruvchilari "bitiruv oqshomi" oʻtkazishi taqiqlandi
Oʻzbekiston
14.05.2024, 20:16
Gʻazo sektori markazida Isroil havo hujumi oqibatida ikki shifokor halok boʻldi
Jahon
13.05.2024, 10:05
150 ming kishi daromadi yuqori mamlakatlarga yuborilishi moʻljallanmoqda
Oʻzbekiston
11.05.2024, 13:25
Oʻzbekiston Braziliyadan zamonaviy harbiy transport samolyoti sotib oladi
Oʻzbekiston
08.05.2024, 11:12
Markaziy Osiyo davlatlari urush faxriylariga qanchadan pul mukofoti bermoqda?
Jahon
07.05.2024, 17:36
Ayrim maktab rahbariyati va oʻqituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi
Oʻzbekiston
07.05.2024, 16:37
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar “tekislanadi”
Oʻzbekiston
07.05.2024, 11:49
Turkiya Gʻazoga 5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam joʻnatdi
Jahon
06.05.2024, 18:05
1 oyda qariyb 59 mlrd soʻmlik energiya resurslari oʻgʻirlandi
Oʻzbekiston
06.05.2024, 13:26
Mashhur yangiliklar
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard AQSh dollariga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot
19.04.2024, 13:56
Toshkent xalkoro aeraportida taksistlarga qoʻshimcha imtiyozlarni kim taminlayapti?
Oʻzbekiston
30.04.2024, 11:25
Chinozda uyidagi chuqurlikka tushib ketgan qiz qutqaruvchilar tomonidan olib chiqildi
Oʻzbekiston
29.04.2024, 17:39
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar “tekislanadi”
Oʻzbekiston
07.05.2024, 11:49
3 oy mobaynida muomalaga chiqarilgan naqd pul hajmi 3,0 trln. soʻmga kamaydi
Iqtisodiyot
26.04.2024, 12:43
Oʻzbekiston Rossiyadan neft import qilishni oshirmoqda
Iqtisodiyot
23.04.2024, 14:06